• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish uchun yangi vaksinani tatbiq etmoqda

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi JSST va UNICEF ko‘magida bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish va bu kasallikning O‘zbekistonda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yangi vaksinani tatbiq etdi. 4 oylik bolalarga qilinadigan inaktivlashtirilgan poliomiyelit vaksinasi (IPV) ushbu kasallikni dunyo miqyosida to‘xtatishga xizmat qiladi. Endilikda u O‘zbekistonning emlash dasturiga kiritildi, deb xabar beradi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    “IPVning joriy etilishi mamlakatimizda poliomiyelitga qarshi kurash borasida  erishilgan salmoqli progressning natijasidir”, — deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. “Bu dunyoni ushbu dahshatli kasallikdan holi qilish tomon yana bir qadam qo‘yganligimizni va hamma uchun ushbu virusdan eng yaxshi himoyani ta’minlab berayotganimizni bildiradi”.

    Hozirga qadar butun dunyoda poliomiyelitni bartaraf etish uchun olib borilayotgan harakatlar og‘izga tomchi orqali qilinadigan poliomiyelit vaksinasi (OPV) vositasida amalga oshirilar edi. Mazkur amaliyot virusning bir insondan boshqasiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik xislati tufayli dunyoda poliomiyelit bilan kasallanish holatlarini 99 foizdan ziyodga kamaytirishga yordam berdi. OPVning bir nechta dozasiga bitta IPV dozasini qo‘shish virusni to‘xtatish va bolalarni himoya qilishning eng samarali uslubidir.

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy immunizatsiya kalendariga asosan bolalarning 99 foizdan ziyodi hayotga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi emlangan.

    “O‘zbekiston 2002-yilda poliomiyelitdan holi hudud maqomiga erishgan bo‘lsa-da, milliy immunizatsiya kalendariga yangi vaksinaning kiritilishi mazkur kasallikning qaytadan paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish va hech bir bola falaj bo‘lmasligini ta’minlash tomon qo‘yilgan muhim qadamdir”, — dedi  UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Biz Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur vaksinaning ta’minotini yo‘lga qo‘yganligidan va ota-onalarni o‘z farzandlarini immunizatsiya kalendariga asosan  emlatishga chorlayotganidan mamnunmiz”.

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    Foto: UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati

    “Muntazam immunizatsiya jadvaliga IPVning birgina dozasi qo‘shilishi O‘zbekistondagi bolalarni poliomiyelit tufayli yuzaga keladigan umrbod falaj bo‘lib qolish ehtimolidan himoya qilishning eng yaxshi uslubi va ayni chog‘da, butun dunyoni poliomiyelitdan ozod qilish tomon qo‘yilgan muhim qadamdir”, — deb ta’kidladi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Lian Kuppens.

    IPVning keng qamrovli joriy etilishi poliomiyelitni global miqyosda bartaraf etish hamda dunyodagi barcha bolalar vaksinalardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishlari uchun immunizatsiya  tizimlarini kuchaytirish borasida erishilgan yutuqlarni mustahkamlash bo‘yicha global rejaning bir qismidir.

    UNICEF va JSST hozirgi vaqtda O‘zbekiston hukumatiga milliy immunizatsiya dasturini yanada mukammallashtirish va uning barqarorligini ta’minlash borasida ko‘mak bermoqda. Bu yangi vaksinalarni joriy qilish, vaksinalarni boshqarishni takomillashtirish hamda emlashni amalga oshiruvchi mutaxassislarning salohiyatini oshirish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sa’y-harakatlar, shuningdek, muntazam immunizatsiya uchun vaksinalar xarid qilishdagi yordamni hamda vaksinalarni tegishli sharoitda xavfsiz saqlab turuvchi “sovuq zanjir” deb nomlangan maxsus inshootlar va qurilmalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni ham o‘z ichiga oladi.

    24.04.2018, 16:24   Izoh (0)   16253
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda O‘zbekistonning eng mohir qorilari aniqlandi

    24.04.2018, 16:13

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi

    24.04.2018, 16:00

    Toshkentda “Innovatsion servis akademiyasi” ijtimoiy loyihasining II fazasi yakunlandi

    24.04.2018, 15:45

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo‘ldi

    24.04.2018, 15:30

    Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondining xorijda tahsil grantlari g‘oliblarini e’lon qildi

    24.04.2018, 15:22

    Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov respublika Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi bo‘ldi

    24.04.2018, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.