• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “Innovatsion servis akademiyasi” ijtimoiy loyihasining II fazasi yakunlandi

    Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TATKHK) negizida amalga oshirilgan “Innovatsion servis akademiyasi” ijtimoiy loyihasining II fazasi yakunlandi. Akademiyani mobil telefonlar va raqamli televizorlarni tuzatish laboratoriyasi, o‘n sakkizta zamonaviy payvandlash stansiyalari va komplektlovchi qismlar bilan qo‘shimcha jihozlash uning yakuniy bosqichidan iborat bo‘ldi. Shuningdek mazkur yakuniy faza doirasida laboratoriyalar zamonaviy raqamli texnikaga servis texnik xizmat ko‘rsatish uchun bir yilga yetdigan ehtiyot qismlar bilan ta’minlandi.

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Eslatib o‘tamiz, “Innovatsion servisnaya akademiyasi” loyihasining birinchi fazasi 2015-yilda amalga oshirilgan edi va keyingi uch yil ichida loyiha takomillashtirildi, qo‘shimcha jihozlash va rivojlantirishning bir nechta bosqichlari o‘tkazildi. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, SamsungElectronicsCentralEurasia hamda O‘zbekiston ekologiya harakati va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) o‘rtasida imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ushbu ijtimoiy-ma’rifiy loyihani hayotga tadbiq etishning asosiga aylandi. MOMEMning vazifasi “yashil” texnologiyalarni tarqatishga ko‘maklashish hamda ta’lim jarayoni uchun modullar va zamonaviy yondoshuvlarni tayyorlashda ishtirok etishdan iborat edi.“Uch yil muqaddam TATKHK o‘z hududidan ikkita laboratoriya, o‘quv laboratoriyasi va yordamchi xona uchun bino ajratdi, bu esa SamsungElectronicsCentralEurasianing innovatsion akademiya yaratish bo‘yicha loyihasini amalga oshirish, shuningdek kasb-hunar texnik ta’limi dasturiga smartfonlar va raqamli televizorlarni ta’mirlash bo‘yicha yangi o‘quv kurslarini hamda yo‘nalishga oid o‘quv modullarini joriy etish imkonini berdi, – deydi loyiha menejeri Tatyana Shokirova (MOMEM). – 2018 yilning mart oyi oxirida loyiha o‘z yakuniga yetdi, ammo biz uning natijalari barqaror va muqim ekaniga aminmiz. O‘tgan vaqt ichida hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan aprobatsiya qilingan va kam-ko‘sti to‘ldirilgan texnik va metodik baza bundan keyin ham kollejga O‘zbekiston bozorida talab katta bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tenologiyalari sohasida yangi ixtisosliklarni rivojlantirish va yangi mutaxassislar tayyorlash imkonini beradi”.

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Tashabbusning ijtimoiy yo‘naltirilgan vazifasi haqida loyihaning boshlanish bosqichidayoq Samsung Electronics Central Eurasianing O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Min Shin Vung ta’kidlab o‘tgan edi: “Bizning loyihamizda ishtirok etish yoshlarga o‘zlarining tayanch bilimlarini kengaytirish va mehnat bozorida salmoqli raqobatbardosh afzalliklarga ega bo‘lish imkonini beradi, degan umiddamiz”.

    Xulosa qilamiz. “Innovatsion servis akademiyasi” loyihasi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga nima berdi?

    1. Loyiha TATKHK o‘quv dasturiga yangi, talab katta bo‘lgan ixtisosliklarni joriy etish imkonini yaratdi.

    Har yili ikki mingdan ortiq o‘quvchilarga tahsil beradigan va ikki yuzdan ziyod o‘qituvchilar saboq beradigan kollej avvaliga ikkita asosiy - “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda “Telekommunikatsiya” yo‘nalishlarini rivojlantirib kelayotgan, kommunikatsiya va multimediya tizimlarini ekspluatatsiya qilish, dasturiy ta’minot, kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash va sozlash, peredacha tizimlarini ekspluatatsiya qilish va yig‘ish bo‘yicha mutaxassilarni tayyorlayotgan edi. “Innovatsion servis akademiyasi” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi bironta o‘quv muassasasida ta’lim berilmaydigan yana ikkita dolzarb bo‘lgan ixtisosliklar kollejda paydo bo‘ldi, bular: “Mobil telefonlar ta’miri” va “Raqamli televizorlarga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishlaridir.

    Tatyana Ovchinnikova, o‘quv-ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:

    – Smartfonlar va zamonaviy televizorlarni ta’mirlash bo‘yicha yangi ixtisosliklar TATKHKda avvaldan mavjud bo‘lgan “Mobil aloqa” va “Raqamli televideniye” o‘quv kurslari negizida joriy etildi. Taqdim etilgan uskunalar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkonini yaratdi. Loyiha mobaynida o‘quv dasturining kam-ko‘sti to‘ldirildi, bir necha bor takomillashtirildi. Hozirda ikkinchi va uchinchi bosqich o‘quvchilariga yil mobaynida “Innovatsion servis akademiyasi”ning “Raqamli televizorlarni ta’mirlash” ixtisosligi bo‘yicha mashg‘ulotlarga nazariya uchun 60 soat va amaliyot uchun 140 soat, shuningdek “Mobil aloqa uskunalarini ta’mirlash” ixtisoslashuvi bo‘yicha nazariya uchun 60 soat hamda amaliyot uchun 120 soat ajratilmoqda. Har bir bosqich uchun alohida metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Agar ikkinchi bosqich o‘quvchilarida telefon va televizorlarni yig‘ish, qismlarga ajratishga katta e’tibor qaratilayotgan bo‘lsa, uchinchi bosqichdagilar uchun yanada chuqurlashtirilgan dastur ko‘zda tutilgan: buzuqliklarni diagnostika qilish va tuzatish, qismlarni almashtirish va boshqalar.

    2. Loyiha kollejni amaliy mashg‘ulotlar uchun moddiy-texnik baza bilan ta’minladi.

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Loyiha doirasida ikkita laboratoriya, o‘quv auditoriyasi va qo‘shimcha xona ta’mirlandi va to‘liq jihozlandi. Laboratoriyalar barcha zarur zamonaviy ta’mirlash-diagnostika qilish uskunalari, ehtiyot qismlar hamda amaldagi mobil gadjetlar hamda raqamli televizorlar bilan ta’minlandi, ularda o‘quvchilar o‘z bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.

    Akmal Hoshimov, o‘qituvchi:

    – Akademiyamizda o‘quvchilar nafaqat maketlar va sinov platalarida, balki haqiqiy mobil telefonlar hamda raqamli televizor bilan ishlashlari mumkin. Ta’mirlash va diagnostika ishlari uchun biz barcha yaxshi jihozlangan zamonaviy servis markazlarida qo‘llaniladigan raqamli o‘lchov uskunalari, payvandlash stansiyalari, ossillograflar va boshqa zamonaviy asboblardan foydalanamiz. TATKHK bitiruvchilari orasida mobil telefonlar va raqamli televizorlar mavzulari bo‘yicha diplom ishlarini himoya qilgan o‘quvchilar ham bor. Albatta, raqamli texnologiyalar olami o‘zgaruvchan, ammo biz o‘zgarishlarni kuzatib boramiz, o‘quv dasturining texnik jihatlarini ularga moslashtirishga harakat qilamiz. Real amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlangan bunday salmoqli ta’lim bazasini olgandan keyin o‘quvchilarning raqamli soha o‘zgarishlariga moslashishi osonroq kechadi.

    3. Loyiha mutaxassislari ekologik masalalar prizmasi orqali texnologiyalar olamiga yangicha yondoshuvni taqdim etishdi.

    “Innovatsion servis laboratoriyasi” loyihasi doirasida o‘qituvchilar va o‘quvchilarning “yashil” texnologiyalar, energiya samaradorligi, resurslarni asrash va atrof-muhitni himoya qilish masalalari yuzasidan savodxonligini oshirishga katta e’tibor qaratildi. Ekologik yondoshuv bu yerda nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham tadbiq etilmoqda.

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Dmitriy Li, TATKHK direktori:

    – Akademiya dasturida komponent ta’mirlash sohasi o‘rganiladi, unda modul ta’mirlashdan farqli o‘laroq, bir butun plata emas balki uning ishlamayotgan qismlari almashtiriladi. Bu mutaxassisdan quntli mehnatni talab etadi, ammo xizmat iste’molchilari uchun ta’mirlash ishlarini deyarli 90 foizga arzonlashtirish imkoniyatini yaratadi. Ammo eng asosiysi – u ekologik tarkibiy qismga ega, zamirida kelajak uchun qayg‘urish g‘oyasi mujassam. Chunki, ishlamaydigan modullarni utilizatsiya qilish, u texnologik jihadan har qancha mukammal bo‘lmasin, ekologiyaga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Har bir komponent ta’mirlash esa utilizatsiyani bir o‘lchov birligiga kamaytiradi. Kuniga bitta servis markazi qancha miqdorda mobil ta’mirlashni amalga oshirishini hisoblab chiqish qoldi, agar ushbu raqamni shahardagi, mamlakatimizdagi servis-markazlar soniga ko‘paytirilsa, yildagi barcha ish kunlari yig‘indisi bunga qo‘shilsa, ancha salmoqli raqam kelib chiqadi. Shu sababli ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bizning akademiya – bu atrof-muhit va ekologiyani himoya qilish sari qo‘yilgan dadil qadamdir.

    Ta’kidlash kerakki, “Samsung innovatsion servis akademiyasi” loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonda bir vaqtda amalga oshirildi, bu esa o‘rta maxsus va kasb-hunar texnik ta’limi borasida o‘zaro tajriba almashish uchun imkoniyatlar eshiklarini ochdi.

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Foto: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji matbuot xizmati

    Shuningdek, 2018-yilning fevral oyida Toshkent shahrida loyiha doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi vakillari hamda TATKHK, Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji, Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kolleji, Yunusobod va Yashnobod tumanlari kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji rahbarlari, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokidagi davra suhbati o‘tkazildi.

    Davra suhbatiga taklif etilgan AKTga ixtisoslashgan kollejlar vakillariga murojaat qilar ekan SamsungElectronicsCentralEurasia vakili Berik Umarov loyihaning metodik qismi bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi. Keyingi kun, 2018 yilning 8 fevralida kollej mutaxassislari uchun treninglar tashkil etildi, xususan ular quyidagi mavzularga bag‘ishlandi: “Smartfonlar ta’mirining chuqurlashtirilgan kurslari bo‘yicha trening”; “Televizorlar ta’mirining chuqurlashtirilgan kurslari bo‘yicha trening” hamda “Atrof-muhitni asrash va barqaror rivojlanish” chuqurlashtirilgan kursi bo‘yicha trening».

    Loyiha hamkorlari haqida ma’lumot:

    www.tpkit.uz www.samsung.uzwww.global.samsungtomorrow.com www.carececo.org www.eco.uz

    24.04.2018, 15:45   Izoh (0)   7466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Ulli hovli” majmuasida bo‘ldi

    24.04.2018, 15:30

    Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondining xorijda tahsil grantlari g‘oliblarini e’lon qildi

    24.04.2018, 15:22

    Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov respublika Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi bo‘ldi

    24.04.2018, 15:10

    O‘zbekistonda jazo tayinlashda uy qamog‘ida o‘tkazilgan vaqt hisobga olinadigan bo‘ldi

    24.04.2018, 14:59

    AKT vazirligi va Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi

    24.04.2018, 14:47

    Urganchda o‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi

    24.04.2018, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda it kattaligidagi yangi dinozavr turi topildi (foto)

    Dunyo | 26 iyun, 17:20

    Vinisius yangi shartnoma borasida “Real” bilan kelisha olmadi

    Sport | 26 iyun, 17:09

    O‘zbekistonda “eskrou” tizimi sabab yangi uy-joylar narxi keskin oshishi rad etildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 17:08

    Britaniya qiroli Charlz Netflix bilan shartnoma imzoladi

    Layfstayl | 26 iyun, 17:05

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 17:01

    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

    Reklama | 26 iyun, 15:00

    Keniyada hukumatga qarshi namoyishlarda 16 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 iyun, 16:45

    “Og‘ir kun”: yurak xurujlari eng ko‘p dushanba kuni yuz berishi aniqlandi

    Layfstayl | 26 iyun, 16:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.