Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fuqarolarning sudyalar faoliyati yuzasidan murojaat va shikoyatlar monitoringini yuritadigan komissiya tuziladi. Bu haqda deputat Sherzod To‘xtashev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Qonunchilik palatasida ushbu yangi komissiya faoliyatini tashkillash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Joriy yil ikkinchi choragida uning ishga tushishi kutilmoqda”, — deydi Sherzod To‘xtashev.
Shuningdek, sud tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni Oliy sud va Oliy sudyalar kengashi bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Izoh (0)