Rossiya va O‘zbekiston neft yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv muhokamasini yakunlamoqda. Bu haqda Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Hozirda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, geologik ishlardagi hamkorligimiz kengayib bormoqda. O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha hukumatlaro kelishuv muhokamasi yakuniy bosqichga o‘tdi. Mazkur loyihalarni sanab o‘tishning o‘zi ham davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi”, — dedi Novak.
Ma’lumot uchun, Rossiya energetika vazirligi va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi o‘tgan yil aprelida o‘zaro anglashinuv memorandumini imzolagandi.
Izoh (0)