Farg‘ona shahri IIBga 17-aprel kuni Eron fuqarosi, “Maida plast invest” MChJ rahbari S. Mujtaba firibgarlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Murojaatchiga ko‘ra, 2015-yil iyun oyida shu MChJ ishchisi, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan D. G‘oipov unga O‘zbekistonga kirish huquqidan mahrum qiladigan “taqiq”ni bekor qilib berishni va’da qiladi.
Buning uchun undan 5677 dollar olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
D. G‘oipov qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)