Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Davlat chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyevni qabul qildi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Jeenbekov yaqinda yuz bergan hodisalar munosabati bilan o‘zbek-qirg‘iz va tojik-qirg‘iz chegaralaridagi vaziyat bilan tanishtirildi.
Qirg‘iziston prezidenti xizmat oldiga turli mojarolarning oldini olish uchun chegaradagi tumanlar aholi o‘rtasida davlat chegarasi tartibiga rioya etish yuzasidan tushuntirish olib borish, qo‘shni davlatlar chegara xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada faol yo‘lga qo‘yishga ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, Jeenbekov o‘zbek-qirg‘iz chegarasida yo‘lovchi va yuk oqimi ko‘p karra ortganini inobatga olib, o‘tkazish punktlarida odamlar va transport turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni topshirdi.
Izoh (0)