Navoiy viloyatida temir eshigi berkilib qolgan xonadonda bir o‘zi qolib ketgan ikki yoshli qizcha qutqarib olindi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga fuqaro X.S. murojaat qilib, xonadonining temir eshigi berkilib qolgani va ichkarida ikki yashar qizchasi qarovsiz qolganini aytib qutqaruvchilardan yordam so‘radi.
Qutqaruv guruhi tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib bordi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida xonadon eshigi ochilib, qizcha onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Izoh (0)