Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan firibgarlik profilaktikasi uchun “Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!” nomli buklet tayyorlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Unda ushbu jinoyatning asosiy belgilari ko‘rsatib o‘tilgan. Bukletlar aholi gavjum joylarda: bozorlar hududlarida, savdo markazlarida, notarial idoralarda va mahallalarda tarqatilmoqda.
Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi:
- ishga yoki o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan;
- kommunal qarzlaringizni to‘lab berib, sizni tashvishlardan xalos qilishga undagan;
- arzon idish-tovoqlar, zargarlik buyumlari, maishiy texnika va boshqalarni sotib olishni taklif qilgan;
- foiz bilan qaytarish evaziga sizdan qarzga pul yoki boshqa moddiy boyliklarni so‘ragan;
- qarz so‘raganingizda ko‘chmas mulk yoki boshqa mulkingiz uchun oldi-sotdi shartnomasi tuzishni aytib, qarzdan uzilganingizda barchasini qaytarishga va’da beradigan kimsalardan ehtiyot bo‘ling!
Izoh (0)