Polkovnik Komiljon Aripov O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Buni vazirlik saytida mazkur lavozim vakant turganidan ham bilish mumkin.
Komiljon Aripov 2013-yilning yanvaridan beri ushbu vazifada ishlab kelayotgan edi. Hozircha uning mazkur vazirlik tizimida qolgani yoki boshqa ishga tayinlangani haqida ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi ham vakant turibdi.
Izoh (0)