O‘zbekistonda “Imom Buxoriy” davlat mukofoti ta’sis etiladi. Bu “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Mukofot bilan islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakat dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslar rag‘batlantiriladi.
Hukumatga bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish topshirildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga Adliya vazirligi bilan birgalikda diniy-ma’rifiy sohada namunali faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy-ma’naviy ishlarda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan soha vakillarini rag‘batlantirish, jumladan, davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflarni Prezident devoniga kiritib borish vazifasi yuklatildi.
Izoh (0)