Qashqadaryo viloyatida 24 yoshli yigit 14 yoshli hamqishlog‘ini do‘pposlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa Chiroqchi tumanidagi Dam qishlog‘ida 14-aprel kuni soat 20:00 atrofida yuz bergan. Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi sanitari J.Qo‘ldoshev shu qishloq hududida o‘zaro janjal oqibatida o‘rta maktab o‘quvchisi Q.Valiyevga tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Natijada Q.Valiyev voqea joyida vafot etgan. J.Qo‘ldoshev qo‘lga olingan.
Izoh (0)