O‘zbekistonda Hadis ilmi maktabi tashkil etiladi. Bu “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Mazkur maktab oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklida bo‘lishi belgilandi.
Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyati, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, ulug‘ vatandoshlar ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash, hadislardagi ezgu g‘oyalarni, xususan, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilish topshirildi.
Izoh (0)