Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov marhum akasining yili munosabati bilan O‘sh shahriga yo‘l oldi. Mamlakatning janubiy poytaxtiga u oddiy aviareysda bordi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Prezidentning bu parvozi aks etgan video internetda paydo bo‘ldi. Videorolikda mashhur qirg‘izistonlik teleboshlovchi Nurlan Maynazarov yo‘lovchilarga ular bilan birga davlat rahbari uchayotganini e’lon qiladi.
Prezident matbuot xizmatining bildirishicha, Jeenbekov oilaviy ishlar (akasining yili) tufayli O‘shga borgani bois oddiy aviareysdan foydalanishga qaror qilgan.
Izoh (0)