AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya BMT Xavfsizlik kengashiga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishini tekshirish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hujjatda ushbu davlatlar gumanitar yordam to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlash va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Suriyaning BMT shafeligida tinchlik muzokaralarida ishtirok etishini talab qilgan.
Loyihada Suriyadagi kimyoviy hujumlar haqidagi xabarlarni mustaqil ravishda tekshirish taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasi rad etilgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)