Suriyaning Aleppo shahridagi portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
CNN Turk telekanali manbasiga ko‘ra, portlash Aleppo janubidagi Eronga tegishli mashg‘ulotlar lagerida yuz bergan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam mashinalari va qutqaruvchilar yetib kelgan.
Telekanal portlash hududi osmonida samolyotlar payqalgani, biroq ularning qaysi davlatga mansubligi aniqlanmaganini bildirdi.
Izoh (0)