Turkiyaning Adana viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida IShID jallodlaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vestnik Kavkaza”.
Mazkur shaxs Suriya fuqarosi Riyod Usmon bo‘lib chiqdi.
Undan tashqari, Suriyadagi terrorchi tuzilmalarning 6 nafar faol a’zosi qo‘lga olindi.
Oldinroq Turkiya politsiyasi IShID “sog‘liqni saqlash vaziri” Kefax Bashir Husayn va “qishloq xo‘jaligi vaziri” Toriq Ahmadni ushlagandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)