Yevropa parlamenti raisi Antonio Tayani 16-aprel kuni Facebook asoschisi Mark Sukerbergga xat orqali murojaat qilib, ijtimoiy tarmoq maxfiyligi yuzasidan havotirlanayotgani bo‘yicha ko‘rsatma berishni talab qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Facebook bo‘yicha ko‘rsatmalar Yevroittifoq ma’lumotlari maxfiyligining qat’iy standartlariga rioya etish yuzasidan xavotir haligacha saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Aminmizki, janob Sukerberg bizning savollarimizga javob berishga tayyor va u Yevropa fuqarolari oldidagi javobgarlikni his qilmoqda”, — deydi Tayani.
Facebook hozirga qadar Yevroittifoqning mazkur so‘roviga izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, OAV Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari noqonuniy tarzda foydalanilayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq mojarolar girdobida qoldi.
2016-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp shtabi bilan hamkorlik qilgan Cambridge Analytica kompaniyasi 50 million nafar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda va ulardan foydalanganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)