“Rosatom” O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan bu davlatlarda atom elektr stansiyalari qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachyov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu borada O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan ishlayapmiz”, — dedi u.
Korporatsiya rahbari Rossiya hukumati va TIV ko‘magida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida AES quradigan mamlakatlar safi kengayishiga umid bildirdi.
“Biz hozir O‘zbekiston hukumati bilan stansiya qurilishi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvga chiqish yuzasidan muzokara olib boryapmiz. Aslini olganda O‘zbekiston uchun atom sohasi yangilik emas: sovet davrida respublikada tadqiqot reaktorlari ishlagan. Biroq yirik atom stansiyalari hozircha yo‘q”, — ta’kidladi Aleksey Lixachyov.
Izoh (0)