Eron prezidentining maslahatchisi Ali Sheroziy 12-aprelda Isroilga nisbatan bir qator keskin bayonotlar bilan chiqdi. Sheroziy yahudiy davlatini Suriya ishlariga keyinchalik aralashishi va arab respublikasining hukumat obyektlariga zarba berishi oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Eron yetakchisi maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil o‘z rejimini qayta o‘ylab ko‘rmasa, “Tel-Aviv va Hayfa changga aylanadi”.
“Eron — Suriya emas. Agar isroilliklar yana bir necha kun yashashni xohlasa, bu bolalar o‘yinlarini bas qilishi kerak bo‘ladi. Eron Isroilni yo‘q qilib yuborish va kerakli vaqtda Tel-Aviv va Hayfani changga aylantirib yuborish imkoniyatiga ega”, — deb bayonot qilgan Sheroziy.
Izoh (0)