• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Cho‘l o‘rnida 35 futbol maydoniga teng o‘rmon yaratgan jarqo‘rg‘onlik pensioner. Haqiqiy qahramon!

    “Gazeta.uz” internet-nashri “Ko‘rinmas qahramonlar” nomli yangi loyiha boshladi. Loyihaning birinchi qahramoni — surxondaryolik pensioner Nomoz Jumayev. U o‘z mahallasidagi o‘lchami 35 futbol maydoniga teng bo‘lgan cho‘lni o‘rmonga aylantirgan. U haqdagi hikoya jurnalist Nikita Makarenko tomonidan yozilgan, suratlar muallifi — Elyor Ne’matov.

    “Daryo” qahramonlik medali yo‘q haqiqiy qahramon Nomoz Jumayev haqidagi maqolani e’tiboringizga to‘liq taqdim etadi.

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Biz davlatimizni gullab-yashnagan holda ko‘rishga ko‘nikkanmiz. Lekin aslida O‘zbekistonning 80 foizi cho‘l va yarim cho‘llardan tashkil topgan. Ajdodlarimiz bu yerlar gullab yashnashi va mahsuldorligi yo‘lida ming yillar davomida ter to‘kkan.

    XX asr oxirida O‘zbekiston cho‘llari hujumga o‘tdi. Qir-adirlarda chorva mollari haddan ziyod ko‘p boqilganligi oqibatida ular zararlanmoqda va buzilmoqda. Ko‘mir va gazdan mahrum bo‘lgan qishloq aholisi atrofdagi barcha o‘simliklarni tag-tomiri bilan yoqish uchun ishlatmoqda. Kelajakni o‘ylovchilar esa juda kam.

    Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahri chekkasida “Qora Yantoq” nomli mahalla bo‘lib, bu yerda 100 ga yaqin oila istiqomat qiladi. Atrofda yantoq juda ko‘p. Cho‘l mahallani ham ishg‘ol etib, tobora keng maydonlarni egallamoqda. Shamol qumni ko‘chalarga uchirmoqda. Vaqti-vaqti bilan kuchli va issiq afg‘on shamoli esadi. Bunday paytlarda aholi eshik va derazalarni yopib, uylarida qum bo‘ronidan panoh topadi.

    Mahallaning asosiy ko‘chasi “Broyler ko‘chasi” deb ataladi. Bu yerda, 92-sonli uyda pensioner Nomoz Jumayev va uning katta oilasi yashaydi.

    Cho‘l

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    “Qumdan barpo bo‘lgan o‘rmon”

    “Bir kuni Buxorodan odamlar kelib, bizni maktabga to‘plashdi. Kasseta qo‘yib, qumga qarshi qanday kurashish mumkinligini aytib berishdi. Mahallada mendan boshqa hech kim saksovel ekishga na qiziqdi, na kirishdi», — so‘zlab berdi Nomoz aka.

    Buxorodan kelganlar orasida o‘rmonshunos Abdusalom Normatov va Global ekologik jamg‘arma Kichik grantlar dasturining (GEJ KGD) milliy muvofiqlashtiruvchisi Aleksey Volkov ham bor edi.

    “Abdusalom loyihaning ilhomlantiruvchisi edi. U uzoq vaqtlar shu yerlarda yashagan. U menga cho‘l bosib kelayotgani va nimadir qilish kerakligini aytdi. Odamlar daraxt ekolmaydi. Ular hatto tomirlarni ham o‘tin uchun qazib olishadi. Tabiatdan olishadi, lekin unga hech narsa qaytarishmaydi. Abdusalomda ularga buni o‘rgatish g‘oyasi tug‘ildi”, — deydi Aleksey Volkov.

    Oqsoqollarning aytishicha, avval bu yerlarda qalin saksovul o‘rmonlari bo‘lib, kirish xatarli bo‘lgan ekan. U yerda yo‘lbars va sirtlon kabi yirtqichlar ham yashagan. Surxondaryodagi so‘nggi yo‘lbars 1971-yili o‘ldirilgan. Lekin mahalliy aholi 1986-yili yana bir yo‘lbarsni Amudaryo qirg‘og‘ida ko‘rganini aytadi.

    Nomoz aka o‘rmonni tiklash g‘oyasiga juda qiziqib qoldi. Mahalliy tadbirkor o‘z yeridan foydalanishlariga ruxsat berdi. GEJ KGD ko‘chatlarga pul ajratdi. Va… hech narsa bo‘lmadi. Birinchi yili saksovul ko‘chatlari ko‘karmadi.

    “Men ekkan ko‘chatlar qurib ketdi. Avvaliga to‘g‘ri ekishni bilmagan ekanman. Ildizlariga ozroq loy qo‘shish kerak ekan. Buni bilganimdan keyin yana ekishni boshladim”, — deydi Nomoz aka.

    Omadsizlik “qum ishg‘olchisi”ni to‘xtatolmadi. 2010-yili u saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarini yana eka boshladi. Uch yil ichida 15 mingtacha saksovul ko‘chatlarini qo‘l bilan ekdi.

    “Menga faqat oilam yordam berardi. Hamma — o‘g‘illarim, kelinlarim, nevaralarim ham ishladi. Juda og‘ir bo‘ldi”, — eslaydi Nomoz aka.

    Hozirda 50 gektardan ortiq haybatli hududda o‘rmon vujudga kelgan. Bu 35 ta futbol maydoni yoki 3 ta Mustaqillik maydoni degani. Boshidan oxirigacha mashinada yurishga to‘g‘ri keladi — piyoda yurishga uzoqlik qiladi. Bu yerda saksovullar baland — odam bo‘yidan oshadi. Ular atrofida butalar barq urgan, o‘simliklar shamolda tebranadi, kemiruvchi va sudraluvchilarning inlari galasiga duch kelasiz. Haqiqiy o‘rmon! Hozircha juda yosh — bor-yo‘g‘i sakkiz yoshda.

    “Oradan bir necha yil o‘tib, natijalarni ko‘rish uchun bu yerga kelganimda, ko‘rib lol qoldim. Bu hayratlanarli edi”, — deydi Aleksey Volkov.

    “Nima uchun hech kim mendan o‘rnak olmasligini tushunmayman”, — deydi Nomoz aka. U qo‘li bilan tevarak-atrofdagi cho‘lni ko‘rsatadi: “Mana bu yerning xo‘jayini bor, lekin u bu yerda hech narsa yetishtirmaydi. Agar har bir kishi daraxt o‘tqazganida, yurtimiz qanchalik yashil bo‘lib ketardi, tasavvur qilayapsizmi?”.

    Nomoz aka odamlar nafaqat qadrdon o‘lkasini tiklashni istamasligi, balki uning zaharlashda davom etayotganidan achinadi. “Uning o‘rmoni” etagidagi yo‘ldan o‘tsangiz, uyum-uyum chiqindilarga ko‘zingiz tushadi. Nomoz aka necha bor iltimos qilgan bo‘lsa-da, mahalliy hokimlik ularni olib tashlashga shoshmayapti. Go‘zallikka rahna solib turishini qarang.

    O‘rmon

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Qahramon suratiga chizgilar

    Nomoz akaning xo‘jaligi “VAZ-2101” avtomobili, Bek laqabli ot, qo‘ylar, echkilar, egatdagi ko‘katlar va tutlardan iborat. Bu yerda gaz yo‘q. Kelinlar tandirda non yopib, shu yaqindagi do‘konda sotadi. Mahalliy tovuq fermasidagi haydovchilik staji Nomoz akaning keksalikda kamtarona hayoti uchun yetarli bo‘lmadi. U 250 ming so‘m nafaqa oladi.

    O‘zining 63 yillik hayotini u Surxondaryoning olovdek jaziramasini ham, qordek sovuq suvini ham kechib o‘tkazmoqda. Sobiq Ittifoq armiyasi xizmatini Chukotka yarim orolida o‘tadi. Yaqin-yaqingacha hatto yaqin do‘stlari ham uning o‘rmonidan bexabar bo‘lgan.

    “Men bu o‘rmonni do‘stim yaratganini tasavvur ham qilmagandim. Avvallari mahalla qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlaganman, lekin o‘shanda ham u biror marta yordam so‘ramagan”, — deydi Nomoz akaning eng yaqin do‘sti Qulmurod Eshmirzayev. “U o‘rmon haqidagi sirini 2015-yili aytgan edi. Juda hayron qolgandim. U mana shunaqa kamtar odam”.

    “Menga rasmiylardan hech kim e’tibor qilmadi, hech kim yordam bermadi, lekin xalal ham bergani yo‘q. Bir safar Surxondaryo hokimi mashinadan o‘tayotib, o‘rmonimni ko‘rib to‘xtapti. ‘Kim buni ekkan?’, — deb so‘rabdi. Lekin men uyda yo‘q edim. U menga rahmat aytib qo‘yishlarini tayinlabdi”, — deya hikoya qiladi Nomoz aka.

    “Jarqo‘rg‘onning muammosi noyob hodisa emas, boshqa ekotizimlar kabi ekstremal sharoitga ega cho‘l, juda nozik. Aynan shuning uchun Nomoz Jumayevning muvaffaqiyati — bu juda kam tashqi investitsiya va boshlang‘ich bilimlarsiz cho‘llarni qayta tiklash borasida a’lo darajadagi namuna bo‘la oladi. Bu yerga respublikamizning boshqa cho‘l hududlaridan ekskursiyalar tashkil etish kerak, Nomoz akadan butun Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘z tajribalari haqida so‘zlab berish so‘ralishi lozim. Eng asosiysi — cho‘lga hayot qaytarish va avlodlar uchun nimadir qoldirish istagidir”, — deb hisoblaydi landshaft ekologi, Germaniyaning Mixael Zukkov jamg‘armasi xodimi Rustam Mirzaxonov.

    Agarda qahramonimizning uyiga mehmonga borsangiz, u ramkachadagi faxriy yorliqni sizga ko‘rsatsa kerak. U BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi avvalgi vakili Stefan Prisner tomonidan imzolangan bo‘lib, ilhomlantiruvchi loyiha uchun minnatdorlik sifatida berilgan. Bu Nomoz akaning xizmatlari tan olinganini bildiruvchi yagona moddiy hujjat.

    “Qishloq hayoti” ruknidan. Nomoz akaning kelini shunday hikoya qiladi: 15-fevral kuni Surxondaryoning “Ishonch” telekanali muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyev “Qora yantoq” mahallasidagi maktabda mardonavor tekshiruv o‘tkazibdi. U maktabda aniqlagan kamchiliklar haqida lavha tayyorlagan. Nomoz akaning kelini ochgan voleybol to‘garagiga belgilangandan ortiqcha bola jalb qilingani ma’lum bo‘libdi. Hamshiradan esa 28-fevralda muddati o‘tgan dori vositalari topilgan.

    Lavha hokimlikda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rsatilib, 19-fevral kuni ular to‘garak rahbari va hamshira ishdan bo‘shatilgan. Bu ham yetmagandek — maktab direktori ham. Va taekvondo murabbiyi ham — u kadrga shunchaki tasodifan tushib qolgan ekan. Endi “Qora yantoq” maktabida na hamshira, na voleybol va taekvondo bo‘yicha murabbiy bor. Muxbir Go‘ro‘g‘liyev, ehtimol, bu qahramonligi uchun mukofotlangandir. Undan yana shuni so‘rashni xohlardim: “Hamkasb, nima uchun sen o‘rmon haqida lavha tayyorlamading?”.

    Odamlar

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Foto: Elyor Ne’matov / “Gazeta.uz”

    Resurslar uchun jang

    Ekilgan o‘rmondan Nomoz akaning oilasi uchun hech qanday daromad yo‘q. U bu yerda o‘z ehtiyojlari yoki sotish uchun daraxt kesmaydi. Faqat tandir uchun yantoq teradi. Biroq mutaxassislar o‘rmon imkoniyatlari juda yuqori deb hisoblaydi.

    “Bu biz ishonishni boshlagan va butun mamlakat bo‘ylab joriy etishni ko‘zlayotganimiz rivojlanish modelidir. Har bir fermer cho‘lni qayta tiklay oladi, qayta tiklangan yerda esa me’yori bilan chorvani o‘tlatib, o‘tin jamg‘arishi mumkin. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, qayta tiklangan cho‘lning har gektaridan bir yilda 300 dollardan 500 dollargacha daromad ko‘rish mumkin”, — deydi Aleksey Volkov.

    Nazariy jihatdan 50 gektar o‘rmondan foydalanish oyiga 1600 dollardan daromad keltirishi mumkin. Bu hatto poytaxt uchun ham yaxshigina pul.

    «Shuni aytishni istardikki, agarda siz cho‘lni tabiiy kapital sifatida ko‘rsangiz, uni Nomoz akadek tiklasangiz, pul ishlab topishingiz mumkin. Biz hozirda xuddi shunday loyihani Jizzax viloyatining Forish tumanida amalga oshirmoqdamiz», — deydi Volkov.

    Ammo hammasi ham ko‘ngildagidek emas. Ma’lum bo‘lishicha, o‘rmon barpo etishning o‘zi yetarli emas ekan. Odamlarda Nomoz akadan o‘rnak olish xohishi yo‘q, boz ustiga yana... uning mehnatlari mahsulini yo‘q qilishni ham istashadi. Bugun Nomoz aka va uning oilasi aksariyat vaqtini o‘rmonni qishloqdoshlari va atrofda yashovchi odamlardan himoya qilishga sarflamoqda. Odamlar bu o‘rmonda chorva mollarini boqishga harakat qiladi. Ular tuyoqlari ostida esa yosh o‘simliklar payhon bo‘lmoqda. Yana daraxtlarni o‘tin qilish uchun kesib ketishni urinishmoqda.

    “Qanchadan-qancha odamlar bilan mushtlashib, so‘kishib ham bo‘ldim. Biz o‘rmonni kechasiyu kunduzi qo‘riqlashga majburmiz. O‘g‘illarim bilan ‘Jiguli’da boramiz, karavot qo‘yib, tunni o‘sha yerda o‘tkazamiz”, — deya yozg‘iradi Nomoz aka. O‘rmon chegaralariga singan shishalarni sepib chiqishga to‘g‘ri kelgan. Ungacha esa brakonerlar avtomobilda to‘g‘ri o‘rmon ichiga kirib borib, daraxtlarni o‘tinlikka kesib, yantoq yiqqan.

    Nomoz aka o‘rmonni “o‘zimniki” deydi. Biroq o‘rmonning yuridik maqomi noma’lum va uni himoya qilishda kim yordam ko‘rsatishi kerakligi ham noaniq. Nomoz akada hatto yerga egalik bo‘yicha hech qanday hujjat ham yo‘q. Faqat qachondir mahalliy hokimlik va yeridan foydalanishga izn bergan biznesmenning og‘zaki ruxsati bor, xolos.

    “Agar bu yer hech kimniki bo‘lmasa, u bu yerlarni ijaraga olishi mumkin. Bu o‘rmonni himoya qilishning yagona yo‘li. Chunki qonunchilikda bunday turdagi o‘rmon barpo etishni himoya qiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri me’yorlar mavjud emas”, — deydi Aleksey Volkov.

    Nomoz aka o‘zini himoyalangandek his qilishi uchun o‘rmoniga hujjatlar olishdan mamnun bo‘ladi, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, mahalliy hokimlik ham uni qo‘llab-quvvatlaydi va yordam beradi.

    Uning o‘zi esa faqat bir narsani so‘raydi: “Menga yana ko‘chatlar kerak. Men ularni o‘z hamyonimdan ololmayman. Yana 10—15 mingta. Shunda yana 30 gektar o‘rmon bo‘ladi. Ko‘chat ko‘proq bo‘lsa ham mayli. Qancha berishsa, shuncha ekaman”.

    Nomoz aka — baxtli inson. U farzandlarini voyaga yetkazdi. Uy qurdi. Bir emas, butun boshli o‘rmonga aylangan daraxtlar ekdi.

    Maqola Markaziy Osiyo cho‘llari bo‘yicha tashabbuslar (KADI) ko‘magida tayyorlangan. KADI loyihasi Germaniya Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi federal vazirligining Iqlim himoyasi bo‘yicha xalqaro tashabbuslar (IKI) doirasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi KADIning davlat hamkori hisoblanadi.

    14.04.2018, 18:11   Izoh (0)   96122
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

    14.04.2018, 17:33

    Toshkentdagi “Xoja Ahror Valiy” masjidida telefon o‘g‘irlandi. Gumonlanuvchining surati ham bor, biroq jabrlanuvchi unga imkon bermoqchi

    14.04.2018, 17:18

    Peterburgda vafot etgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi Yangiyo‘lga olib kelindi

    14.04.2018, 17:03

    Shavkat Mirziyoyev: O‘qituvchilarga ko‘cha supurtirish — nafaqat menga, balki siyosatga ham xiyonatdir!

    14.04.2018, 16:47

    Qoraqalpog‘istonda ojizani zo‘rlab, hirsini qondirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    14.04.2018, 16:32

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprelda O‘zbekistonga keladi

    14.04.2018, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

    Dunyo | 18 may, 20:45

    Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

    Sport | 18 may, 19:55

    Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

    Dunyo | 18 may, 19:55

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.