Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar vazirliklari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 8-aprel kuni halok bo‘lganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. Ikki maxsus transportda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga yetkazildi.
Ular o‘zlari yashagan joylarda dafn etildi.
https://youtu.be/N7oJ4scpQVw
Izoh (0)