BAA va Arabiston yarim oroli davlatlarida ommalashgan Duroob ko‘rsatuvining to‘rtinchi mavsumi O‘zbekiston haqidagi bir necha lavhadan boshlanadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi dunyoning 110 mamlakatida bo‘lgan, sayohat haqidagi bir necha kitob muallifi, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlik bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi.
Lavhalar DubaiTV telekanali orqali Ramazon oyida namoyish etiladi.
Suratga olish ishlari 6-aprelda Toshkentda boshlandi. Hozirgacha poytaxt tabiati, transporti, mahalliy taomlar va boy islomiy meros haqidagi syujetlar tasvirga olib bo‘lindi.
Izoh (0)