Freedom Holding xalqaro investitsiya kompaniyasi Toshkentda Freedom Finance nomi ostida o‘zining ilk filialini ochdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Filial ofisi Xalqaro biznes-markazda joylashadi va dastlab u yerda 12 nafar investitsiya bo‘yicha konsultant ishlaydi.
Freedom Holding MDH hududida Freedom Finance brendi ostida shu’ba kompaniyalari orqali moliya brokerligi, investitsiya maslahatlari, bank xizmatlari ko‘rsatadigan xalqaro xolding kompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan.
Rossiya va AQShda ofislari bo‘lgan kompaniyada 400 dan ortiq mutaxassis ishlaydi.
Izoh (0)