• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bo‘zdagi maktabning ayanchli ahvoliga kim aybdor?

    Andijon viloyatining Bo‘z tumanidagi “Mustaqillikning 15 yilligi” mahallasida joylashgan 8-umumta’lim maktabiga kirar ekanmiz, asosiy binosidan kerosin aralashmasi qorishiq rangning badbo‘y hidi anqib turganiga guvoh bo‘lindi, deb yozadi O‘zA muxbiri.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Respublika ishchi guruhi vakillari bu yerga kelguniga qadar kompyuter xonasi butunlay yopib qo‘yilgan ekan. 15 dona kompyuter qarovsiz ahvolda yotibdi. 1983-yilda foydalanishga topshirilgan maktabda 24 nafar o‘qituvchi 256 ta o‘quvchiga tahsil bermoqda.

    — Qancha vaqtdan buyon bu yerdagi kompyuterlar ishlamayotgan edi, — deb so‘raymiz maktab direktori Jo‘rabek Akbarovdan.

    —Bir-ikki hafta bo‘ldi, faqat ikkitasi ishlab turibdi, — deydi direktor. — Elektr o‘chib-yonaverib, programmasi o‘zgarib ketibdi. Hechqisi yo‘q, hozir tuzatishadi.

    Bu mujmal javobga oydinlik kiritish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Farhod Umrzoqov bilan telefon orqali bog‘landik.

    — Chiroqlar o‘chib-yonaverib, maktablardagi kompyuterlarni kuydirib yuborayapti ekan. Zararini kim qoplaydi, — deb so‘raymiz tuman elektr ta’minoti rahbaridan.

    — Kechirib qo‘yasizlar-ku, 2017-yil sentabrdan buyon elektr tarmog‘ida deyarli uzilish bo‘lgani yo‘q, — dedi u o‘z hayronligini yashira olmay. — To‘g‘ri, yanvar va fevral oylarida bir-ikki soatga onda-sonda uzilishlar kuzatildi. Lekin bu holat kompyuterlarning texnik buzilishiga asos bo‘la oladi, deb hisoblamayman. Biz yetkazilgan zarar haqida hech kimdan hech qanday ogohlantirish olganimiz yo‘q.

    Maktabdagi biologiya-kimyo xonasining ham chiroqlari butunlay ishlamayotganiga guvoh bo‘ldik.

    “Maktab kutubxonasi” deb ataluvchi kichik bir xonada esa 100 taga yetar-yetmas kitob bor ekan, xolos. Kutubxonachining aytishicha, kitoblar soni 380 ta bo‘lib, hozirda aksariyati o‘quvchilar qo‘lida qizg‘in o‘qish maqsadida olingan ekan. Kartotekalarni ko‘zdan kechirganda, bu fikr to‘g‘ri emasligi oydinlashdi.

    Asosiy bino 2008-yilda kapital ta’mirlangan. Unga yondosh zamonaviy sport zali esa 754 million so‘mga 2016-yilda qurilgan. Yechinish-kiyinish zalidagi yuvinish xonalari eshigi burama mixlar bilan mustahkam yopib tashlangan ekan.

    — Nega eshiklarni ochilmaydigan qilib tashladingiz, — so‘raymiz yana direktordan.

    — Bahorgi ta’tilda eshiklarni berkitib qo‘ygan edik, — deya yolg‘on so‘zlar bilan vaziyatdan chiqishga urindi direktor. — Suv haydash nasosi kuyib qolgani sababli dush ishlamay turibdi.

    Maktabning stadion atrofidagi 500 metr qo‘rg‘on devorlari 1983-yildan buyon o‘ralmay qolmoqda. Unga yondosh zovur esa chiqindilarga to‘lgan, quroq va qovg‘a o‘tlar o‘sib yotibdi, 2 yildan buyon tozalanmagan.

    Maktabga shoshilinch yetib kelgan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shavkatbek Mamarizayevning bildirishicha, tumanda 29 ta maktab bo‘lib, ularning 16 tasining 8000 metr tevarak-atrofi o‘ralmagan. Tumandagi 4 ta maktab kapital ta’mirga, 3 ta maktab joriy ta’mirga muhtoj, 3 ta maktabning tom qismi ta’mirlab ahvolda, 7 ta ta’lim muassasasida 2700 metr ichimlik suvi quvuri tortib kelish zarur.

    — 2018-yilda budjetdan 3 ta maktabning devorini o‘rash uchun mablag‘ ajratildi, — deydi Sh.Mamarizayev. — 10, 22, 26-umumta’lim maktablarida 225 million so‘mlik ishlar olib borilmoqda. Maktablarning asosan, orqa tomoni o‘ralmagan. Kitoblar muammosiga kelsak, me’yorlarga ko‘ra har bir bolaga 4 tadan adabiyot to‘g‘ri kelishi kerak. Ammo tuman miqyosida bu ko‘rsatkich, 2,5-3 tadan ortmayapti. Bu muammoni homiylik asosida yechishni ko‘zda tutganmiz.

    Kompyuter bilan to‘liq ta’minlanganmiz. 29 ta maktabda 36 ta xonada 530 ta kompyuter bor. Ularni qanday ishlatilayotgani, yaroqli-yaroqsizligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassisimiz har 6 oyda tekshiruv o‘tkazib, monitoring qilib borishi kerak. Albatta, hozirgi holat uchun maktab ma’muriyati aybdor va tegishli choralarni ko‘ramiz.

    09.04.2018, 23:45   Izoh (0)   25136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar hokimligida 9 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

    09.04.2018, 23:33

    Toshkentda biznes-aviatsiya aeroporti qurilishiga 140 mln dollar yo‘naltiriladi

    09.04.2018, 22:43

    Toshkent shahridagi Janubiy vokzaldan qaysi poyezdlar harakatlanadi? (video)

    09.04.2018, 20:43

    Imom Buxoriy majmuasiga kirish pulli bo‘ldimi?

    09.04.2018, 18:55

    Oqqonga chalingan Azizabonuning davolanishi uchun mablag‘ zarur

    09.04.2018, 17:24

    Toshkentda pravoslavlar Pasxa bayramini nishonladi (foto)

    09.04.2018, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan, Amerikaga atigi 20 dollar bilan kelib, milliarderga aylangan Arnold Shvarseneggerning murakkab hayot yo‘li

    Shou-biznes | 30 iyul, 20:40

    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

    Reklama | 30 iyul, 19:30

    O‘zbekistonda uchta bankni xususiylashtirish keyingi yillarga qoldirildi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 20:27

    Rasman. Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir” futbolchisi (video)

    Sport | 30 iyul, 20:18

    Pavel Durov “crypto” username uchun 25 mln dollar taklif etilganini ma’lum qildi

    Dunyo | 30 iyul, 20:10

    “Real”ning yangi futbolchisiga mavsumoldi mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat berilmadi

    Sport | 30 iyul, 19:58

    Germaniya AQSH bojxona to‘lovlari tufayli yiliga 30 mlrd yevrodan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin

    Dunyo | 30 iyul, 19:55

    Qozog‘istondan Rossiyaga piyoda o‘tishga uringan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.