“Qozog‘iston go‘zali” tanlovi g‘olibi e’lon qilingach, qozog‘istonliklar ikki guruhga ajralib, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlarni bildira boshladi, deb yozadi “Nur.kz”. Kimlardir 2018-yilgi tanlov natijasidan mamnun qoldi, boshqalar buni tanqid ostiga oldi.
Ammo 2018-yilgi Qozog‘iston go‘zali — atiraulik 16 yoshli Alfiya Yersayin tanqidlar uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindira olmaganini aytdi.
“Salbiy fikrlardan ko‘p ham xafa bo‘lganim yo‘q. Tanlovda qatnashayotib, maqtov qanchalik ko‘p bo‘lsa, tanqidlar ham shunga yarasha bo‘lishini bilganman. Xalq tanqidi hozir men uchun sinov deb hisoblayman, u tufayli men chiniqishim va matonatli bo‘lishim mumkin”, — dedi Alfiya Yersayin.
Izoh (0)