Germaniya politsiyasi Myunster shahridagi qahvaxonaga furgonida bostirib borgan shaxsning uyini tintuv qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
U 48 yoshli Yens ismli nemis bo‘lib chiqdi. Uning Zauerland shahrida tug‘ilib-o‘sgani, avval mayda jinoyatlari uchun bir necha bor qo‘lga olingani, ruhiy xastalik va joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgani bildirilmoqda.
Yens peshonasiga o‘q uzib, o‘zini o‘ldirdi. Jinoyat quroli bo‘lgan mashina uning nomiga rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Avtomobildan ichida shubhali buyum bo‘lgan sumka topildi, biroq voqea joyiga chaqirilgan sapyorlar portlovchi modda aniqlamadi.
Myunsterdagi hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)