AQSh va KXDR Amerika prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Maxfiy muzokaralarda Amerika tomonidan razvedka kanallari bo‘yicha Markaziy razvedka boshqarmasi va yaqinda davlat kotibi lavozimi uchun ilgari surilgan boshqarma rahbari Mayk Pompeo qatnashmoqda.
“Amerika va Shimoliy Koreya xodimlari bir necha marta muzokaralar o‘tkazdi va shu jumladan, uchinchi mamlakat hududida ham uchrashdi”, — deya ma’lum qildi telekanal.
Tomonlar ayni paytda mamlakat yetakchilarining bo‘lg‘usi uchrashuvi tafsilotlari va uni o‘tkazish joyini muhokama qilmoqda.
Izoh (0)