Kanadaning “Gumboldt Bronkos” xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobus Tisdey yaqinida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Mudhish hodisa oqibatida 14 nafar xokkeychi halok bo‘ldi. Bu haqda FoxNews’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yana 14 nafar o‘yinchi shifoxonaga yotqizilgan, ularning uch nafarini ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Avtobusda jami 28 kishi bo‘lgan.
Barcha xokkeychilarning yoshi 16—21 oralig‘ida bo‘lgan. “Nipavin Xouks” bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv bekor qilingan.
Fojia munosabati bilan mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga taziya bildirdi.
Izoh (0)