Saudiya Arabistoni kompaniyalari hukumat tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, Qatar bilan chegarada 60 kilometrlik kanalni qazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sabq nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kanalni barpo etish ishlarida to‘qqizta kompaniya ishtirok etishga qaror qilgan. Agarda ushbu g‘oya amalga oshgudek bo‘lsa, Qatar geografik jihatdan orolga aylanadi.
Kanalning kengligi 200 metrni, uzunligi 60 kilometrni, chuqurligi esa 15—20 metrni tashkil etadi. Bu kabi o‘lchamlar kanal orqali barcha turdagi kemalarning harakatlanishini ta’minlaydi, shuningdek, erkin savdo zonasi va dengiz yo‘llarini yaratish uchun shart-sharoit sifatida xizmat qiladi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur kanal bir yil ichida qazilishi mumkin.
Izoh (0)