Suriyaning Damashq viloyatidagi Barza dahasida minalashtirilgan mashinaning portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va yana 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda Suriyada urushayotgan tomonlarni yaratish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari Yuriy Yevtushenkoga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Muzokaralar jarayonini faollashtirish bilan bog‘liq vaqtinchalik tinchlikdan keyin Damashq va uning atrofi yana o‘qqa tutila boshlandi”, — deydi Yevtushenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “poytaxtning Barza dahasida joylashgan Al-Xansa masjidi yaqinida minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va yana olti nafar tinch aholi jarohat olgan”.
“O‘tgan kunlar ichida ‘Jaysh al-Islom’ terrorchilik tashkilotining jangarilari poytaxt va uning atrofiga ikkita mina tashlagan. Shuningdek, Suriya hukumat qo‘shinlarining pozitsiyalari ham o‘qqa tutilgan”, — deya ta’kidladi Yevtushenko.
Izoh (0)