Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi xonadonlardan birida 1-aprel kuni ro‘y bergan janjal qotillik bilan yakun topdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 00:30 atrofida qo‘rg‘onning 29-dahasida yashovchi uy bekasi, 1979-yilda tug‘ilgan R. Mahmatqulova uyidagi mojaro asnosida tanishi, 1978-yilda tug‘ilgan X. Tepabayevning ko‘kragiga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
X. Tepabayev voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. R. Mahmatqulova qo‘lga olindi.
Izoh (0)