Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqda Khaama Press agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Noxush hodisa 31-mart kuni soat 7:30 da sodir bo‘lgan. Portlovchi qurilma mamlakat qurolli kuchlariga tegishli avtomobil yaqinlashganida ishlab ketgan. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, portlagan qurilma magnitli mina bo‘lgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar shaxsi aniqlanmoqda.
Hozirda biror bir terrorchilik guruhi portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Agentlikning ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda Qandahorda xavfsizlik bo‘yicha vaziyat biroz yaxshilangan, biroq jangarilar hamon mahalliy aholi va harbiylarga hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.
Izoh (0)