Londonning Stansted aeroportida yonib ketgan avtobus sabab 100 dan ortiq reys bekor qilindi. Bu haqda Independent nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shattl-bas (shuttle-bus) deb nomlanuvchi maxsus avtobus aeroportdagi avtoturargohda yonib ketgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan aeroportdagi 15 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagida bo‘lgan samolyotga terminalga qaytish buyrug‘i berilgan.
Noxush hodisa natijasida 100 dan ortiq reyslar bekor qilingan yoki qoldirilgan.
Izoh (0)