BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektoridagi to‘qnashuv oqibatida halok bo‘lgan odamlar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Shuningdek, u mazkur mojaroga aloqador bo‘lgan barchani qurbonlar soni yanada ko‘paymasligi uchun hech qanday harakatlarni amalga oshirmaslikka chaqirmoqda”, — deydi bosh kotibning vakili Farxan Xak.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va G‘azo sektori chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)