Rossiyaning Kemerovo shahridagi 17-sonli gimnaziyada ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Tatyana Darsaliya “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in qurbonlaridan biridir. U 28-mart kuni dafn etildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
24-mart, shanba kuni u maktabda bayram o‘tkazib, ertasi kuni dugonasi bilan qizlarini kinoga olib borgan. Yong‘in boshlangach, avval o‘zining qizini ko‘chaga olib chiqqan, so‘ng boshqa bolalarni qutqarish uchun qaytib kirgan. U o‘nlab bolalarning hayotlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, ammo o‘zi halok bo‘lgan.
Kemerovodagi savdo markazda yong‘in 25-mart kuni boshlangandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 64 kishi, shu jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi, 69 kishi jabrlandi.
Izoh (0)