Venesuelaning Karabobo shtati politsiyasi huzuridagi mahbuslarni saqlash markazida qo‘zg‘olondan keyin boshlangan yong‘in oqibatida 78 nafar mahbus halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Noticias Caracol nashri xabariga ko‘ra, 10 ayol va 68 erkak qurbon bo‘lgan. Marhum ayollar qo‘zg‘olon boshlanishidan sal avval o‘z erlarini ko‘rish uchun kelgan tashrifchilar bo‘lgan. Markazda jami 100 dan ortiq odam bo‘lgan.
28-mart, chorshanba kuni qamoqxona binosidan otishma tovushlari kelgan. Mahbuslardan biri onasiga turmadagilarni kameralar oldiga quyib chiqilgan benzinni yoqib yuborish yo‘li bilan o‘ldirishmoqchi ekanliklarini xabar qilgan. Ta’kidlanishicha, mahbuslarning bir qismi kuyishdan, boshqalari tutundan zaharlanib o‘lgan.
Hukumat voqea yuzasidan rasmiy izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)