Janubiy Koreya OAVlari Pekinga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi — Kim Yo Chjon yetib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi, deb yozadi “TASS”. U Xitoyga 25-mart, yakshanba kuni yo‘l olgan maxsus poyezdda kelgan bo‘lishi mumkin.
Janubiy Koreya matbuoti fikricha, Kim Yo Chjon Xitoyga o‘z akasining ishonchli vakili sifatida Xitoy rahbariyatiga Pxenyan siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni tushuntirib berish uchun kelgan. Janubiy Koreya hukumati hozircha bu borada izoh bermayapti.
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2011-yildan beri ilk bor KXDR hududini tark etgani va Pekinga yo‘l olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)