Rossiyaning Kemerovo viloyatida “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Hozirga kelib yong‘in qurbonlari soni 64 kishiga yetdi. Rossiya FVV vaziri Vladimir Puchkovga ko‘ra, yana 6 kishining tanasi hali olib chiqilmagan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)