“MMM” moliyaviy piramidasi yaratuvchisi Sergey Mavrodi 62 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-mart kuni u Moskvadagi 67-sonli shifoxonaga joylashtirilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u 26-mart kuni ertalab vafot etgan.
Hozircha bu borada rasmiy tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.
Sergey Mavrodi Rossiya tarixida eng ko‘p jabrlanuvchiga ega moliyaviy piramida — “MMM” aksiyadorlik jamiyatining asoschisi hisoblanadi. 2003-yilda Mavrodi katta miqdordagi firibgarlik uchun sudlangan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, piramida oqibatida 10 454 kishi zarar ko‘rgan.
Izoh (0)