Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2011-yildan beri ilk bor KXDR hududini tark etdi va Pekinga yo‘l oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bloomberg manbasiga ko‘ra, Kim Chen In maxsus poyezdda Xitoy shimoli-sharqida, chegarada joylashgan Dandun shahri orqali Pekinga kelgan.
Shimoliy Koreya yetakchisi tashrifi AQSh prezidenti Donald Trampning u bilan uchrashish qaroriga bog‘liqligi bildirilmoqda.
Kim Chen In Pekinda qancha muddat bo‘lishi va kim bilan muloqotda bo‘lishiga aniqlik kiritilmadi.
Izoh (0)