Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 23-mart kuni soat 06:45 atrofida ikki kishining o‘limi va besh kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi sayti xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 1959-yilda tug‘ilgan M.Ochilov Captiva avtomashinasini haydab ketayotib, “Navoiy—Nurota” 4-R57 yo‘lining 29-kilometrida boshqaruvni yo‘qotgan hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1990-yilda tug‘ilgan S.Jabborov boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Matiz haydovchisi S.Jabborov va uning yo‘lovchisi A.Po‘latov jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan, shuningdek, qolgan 4 nafar yo‘lovchi va Captiva haydovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)