Xitoyning IAT kompaniyasi qiymati 3,8 million dollarga bo‘lgan yangi Karlmann King yo‘ltanlamasini taqdim etdi, deb xabar berdi KNews. Mazkur avtomobildan atiga 10 nusxada ishlab chiqariladi.
Karlmann King’ga 460 ot kuchiga ega 6,8 litrli V10 dvigateli o‘rnatilgan. U 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Motor quvvati salkam 400 ot kuchini tashkil etadi, biroq maksimal tezligi soatiga 140 kilometrga teng.
Avtomobil salonida, qahva tayyorlagich, PS4 pristavkasi, televizor, yo‘lovchilar o‘rindig‘ini boshqarishga mo‘ljallangan maxsus dastur, 20 dinamikli audiotizim va sun’iy yo‘ldoshga ulangan internet mavjud. Salon shiftiga ega Rolls-Royce Phantom’da ishlatilgan yoritgich o‘rnatilgan.
Izoh (0)