Tojikiston parlamentining quyi palatasi 19-mart kuni “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi to‘g‘risida”gi bitimni ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari viza rasmiylashtirmasdan qo‘shni mamlakat hududida 30 kungacha bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi O‘zA.
Kelishuvni parlamentga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nizomiddin Zohidiy taqdim qildi. Parlament deputati Ahmadjon Sobirov kelishuvni “tarixiy hujjat” deya baholadi.
Bundan avval parlament quyi palatasi matbuot xizmati mazkur bitim fuqarolarning har ikki mamlakat hududida vaqtincha bo‘lishi, vizasiz va tashkilotlarning xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Tojikiston fuqarolari 16-martdan boshlab O‘zbekiston hududida 30 kun davomida amaldagi safar hujjatlari asosida vizasiz safar qilishiga imkon beruvchi hukumatlararo kelishuv tasdiqlangandi.
Izoh (0)