Dubayda bo‘lib o‘tgan dunyoning yil o‘qituvchisi tanlovida britaniyalik Andria Zafiraku g‘olib chiqdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
39 yoshli Zafiraku London shimoli-g‘arbidagi Alperton shahrida joylashgan umumta’lim maktabida san’at va to‘qimachilikdan dars beradi. U o‘zining asosan qashshoq oilalar farzandlari bo‘lgan o‘quvchilarini 35 tilda qutlay oladi.
“Ularning bari — bolalarim. Ishim sinfdan chiqishim bilan yakunlanmaydi, menga ularning hayoti ham qiziq”, — deydi muallima.
Tanlovda 170 davlatdan kelgan minglab o‘qituvchi ishtirok etdi. Ulardan 10 nafari saralab olindi. “Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi” mukofoti tashabbuskori milliarder Sanni Varki fondi bo‘lib, g‘olib 1 million dollar miqdoridagi chek egasiga aylanadi.
Izoh (0)