Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatda erkaklar va ayollar oylik maoshini tenglashtirish bo‘yicha tashabbusni ishlab chiqmoqda. Bu haqda qirollik shahzodasi Muhammad bin Salmonning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
“Biz yaqin kelajakda amaliyotga tadbiq etiladigan tashabbus ustida ishlamoqdamiz. Ushbu tashabbus erkaklar va ayollar mehnati uchun birdek haq to‘lanishini ta’minlaydi”, — deydi shahzoda.
Valiahd shahzodaning fikriga ko‘ra, bu qaror mamlakatda ishlayotgan ayollar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda Saudiya Arabistonida ishlayotgan ayollar 22 foizni tashkil etadi.
Izoh (0)