“Kortej” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan sedan va miniven 29-avgustdan 9-sentabrga qadar Moskvada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda namoyish qilinadi, deb xabar berdi “Motor”.
Bunga qadar “Kortej” avtomobilining ilk debyuti may oyida bo‘lib o‘tishi hamda mashinalar prezident inauguratsiyasida sinovdan o‘tkazilishi taxmin qilingandi.
Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning aytishicha, joriy yilda 70 ga yaqin “Kortej” avtomobili foydalanishga topshiriladi, mamlakat amaldorlari esa 2018-yilning oxirida yoki 2019-yil boshida mazkur mashinalardan foydalanishga o‘tadi.
Ayni vaqtda loyiha avtomobillari sinovdan o‘tkazilmoqda — sinov may oyida yakunlanadi. Bundan tashqari 16 ta shu nusxadagi avtomobillar Federal qo‘riqlash xizmatiga ham beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur loyiha avtomobillarining minimal jamlanmasi 6—7 million rubl bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)