Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov prezidentlar uchun mo‘ljallangan “Kortej” avtomobillarining chakana narxini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”

Foto: YouTube

“Biz o‘z oldimizga indikator kabi vazifa qo‘ydik — bu 15 foizga arzonlashtirilgan mukofot avtomobillari”, — deydi Manturov.

U C klassli Mercedes yoki V12 motorli BMW avtomobillarini mo‘ljallayotganini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha avtomobillarining minimal jamlanmasi 6—7 million rubl turadi.

Loyiha ijrosiga mas’ul “NAMI” ilmiy markazi mart oyiga qadar Rossiya federal qo‘riqlash xizmatiga 16 tagacha “Kortej” avtomobillarini yetkazishi kerak.

Avtomobillar limuzin, sedan va miniven ko‘rinishini oladi.