Tarmoqda yangilangan Maybach S650 Pullman’ning suratlari paydo bo‘ldi. Avtomobil W222 oilasidagi eng uzun namuna hisoblanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avtomobil xromlangan vertikal elementli yangilangan radiator panjarasiga ega. Shuningdek, avtomobil 20 dyuymli g‘ildirak diskalari bilan jihozlangan.
Limuzinga 630 ot kuchiga ega V12 biturbo dvigateli o‘rnatilgan. Mashina davlat rahbarlari, shuningdek, qirollik oilalari vakillari va yirik kompaniyalar egalari uchun yaratilgan.
Izoh (0)