Tarmoqda hali tadim etilmagan Subaru Forester avtomobilining tizeri e’lon qilindi. Surat avtomobilning orqa qismini namoyish qiladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Yangi mashinaning taqdimoti 28-martda Nyu-Yorkdagi avtosalonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tadbirda avtomobil haqidagi tafsilotlar ham e’lon qilinadi.
Ayni vaqtda avtomobil asosida Subaru Global Platform turganligi ma’lum. U yaqinda taqdim etilgan Subaru Ascent uchun ham foydalanilgan.
Izoh (0)