14-mart, chorshanba kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Florida shtati qirg‘oqlariga qulab tushgan F/A-18 Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyotining ikkala uchuvchisi ham halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” AQSh HDKga tayanib.
Avvalroq uchuvchilar samolyotdan katapulta qilib chiqqanidan keyin, dengizdan topilgan va kasalxonaga yetkazilgan edi.
Hodisa shtat janubidagi Florida-Kis arxipelagida joylashgan Ki-Uest shahri yaqinida yuz bergan. Uning sabablari ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)